Medvedev dollardan voz kechishni taklif qildi.


Rossiya dollardan voz kechdi

Yaqindagina bo'lib o'tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yig'ilishida Rossiya Federatsiyasining bosh vaziri Dmitriy Medvedev o'zaro valyuta muomilasini amalga oshirishda dollardan voz kechgan holda boshqa moliya aloqa mexanizmini yaratish kerakligini ta'kidlab o'tdi.

Medvedevning fikricha, milliy valyutadagi aloqalar umumiy moliya bozorida ShHTga a'zo davlatlari valyutalarining raqobatbardoshligi oshiradi. Shu sababdan Medvedev ShHT davlatlarining bank ekspertlarini va moliyachilarini Moskvada bo'lib o'tadigan davra suhbatiga taklif qildi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining keyingi katta majlisi birinchi bor 2020-yil Hindistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.