Erkin valyuta konvertatsiyasi masalasi yechilmoqda.


Erkin konvertatsiya

Tez kunlarda O'zbekistonda erkin valyuta konvertatsiyaning ochilishi kutilmoqda.

O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisi yakunlari yuzasidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida «Taraqqiyot strategiyasi markazi» ijrochi direktori Akmal Burxonov tomonidan pul-kredit tizimini erkinlashtirish bo'yicha loyiha ustida ish olib borilayotgani ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Valyutaning erkin konvertatsiyasi ochilishi yuzasidan savolga javob bergan Akmal Burxonov Harakatlar strategiyasida pul-kredit sohasini erkinlashtirish nazarda tutilganini ta'kidlagan holda, bu borada tegishli mutasaddi idoralar tomonidan ish olib borilayotganini aytib o'tdi.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda pul-kredit tizimini erkinlashtirish va valyutaning erkin konvertatsiyasi bo'yicha loyiha ishlab chiqilgan va manfaatdor idoralar tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Loyiha joriy yilda amalga tatbiq etilishi kutilmoqda.

Aziz dollar uz foydalanuchilari sizning fikringiz qanday, ushbu yangilik dollar kursini tushura oladimi?