Oylik ish haqi 2016-yil 1-oktyabrdan 15% ga oshadi.

Yangi eng kam oylik ish haqi 149775 sum, qariyalik nafaqasi esa 292940 sumni tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 22-avgustdagi "Mehnat haqi, nafaqa, stipendiya va moddiy yordam" oshirilishi haqidagi farmoni imzolandi.
Unga ko’ra fuqarolarning yashah darajasini oshirish maqsadida 1-oktyabrdan byudjet tarkibidagi muassalar va tashkilotlarning ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va moddiy yordam o’rtacha 1,15 ga oshirilsin deb ko’rsatilgan.
Yangi eng kam ish haqi qiymati oyiga:
- Ish haqi – 149775 sum (xozir 130240 sum);
- Qariyalik nafaqa to’lovi va bolalikdan nogiron insonlarga nafaqa to’lovi - 292940 sum (xozir 254730);
- Qariyalarga, mehnatga layoqatsiz va ishsiz fuqarolarga moddiy yordam – 179755 sum (xozir 156310 sum);
Yurtboshimiz bu vazifani o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun nazoratni moliya vaziri va mehnat vazirlariga topshirdi.
Eslatib o’tamiz bundan oldingi ish haqi oshishi 2015-yil avgust oyida amalga oshirilgan edi va u 10% ni tashkil etgan.
Guest
2017-09-01 07:26:02
Qacho oshar ekan oyliklar