Konvertatsiya ochilsa, kurs qanday bo'ladi?

Markaziy bank rahbariyatining deyarli butunlay yangilanishi va tez orada valyutaning erkinlashtirilishi borasidagi umidlar konvertatsiya qanday ssenariy asosida “ochilishi” va bizni boshida dollarning qanday kursi kutib turgani haqida o'ylashga majbur qiladi. Bu savollarga mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24.uz saytida javob berishga harakat qilgan.
Hozirda prezidentda juda yuqori ishonch reytingi bor, jamiyat istalgan o'zgarishlarni qabul qiladi, sababi islohotlarni istaydi. Plyus Markaziy bank yangi rahbariyatida harakatlarning to'liq erkinligi bor, ya`ni, u hech qanday shartlilik, kelishuvlar va avvalgi rahbariyat majburiyatlari bilan cheklanmagan. Erkin konvertatsiyaga o'tishning qanday aniq ssenariysi tanlanadi, aytish mushkul – bu hukumat tomonidan qo'yilgan vazifalar va o'tish davri vaqtida harakatlardagi ustuvor jihatlarga bog'liq.
Men erkin suzib yuruvchi kurs tarafdori sifatida, boshlanishida “shok terapiyasi” fikridaman. Ustuvor vazifalarga esa oltin-valyuta zaxiralari va ijobiy savdo balansini saqlab qolish aylanishi kerak, ya`ni kursni ushlab turishga bir sent ham sarflash kerak emas. Erkin tushish jarayoniga, so'm eng tubi yoki qarama-qarshi nuqtaga yetmagunicha aralashish kerak emas, u real ijobiy savdo balansini ta`minlab beradi. Albatta, bunday ssenariyda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar jabr ko'radi: YaIM o'sishi sekinlashadi yoki hattoki to'xtaydi, inflyatsiya va ishsizlik darajasi ikki sonli raqamga yetadi. Biroq iqtisodiyotni sog'lomlashtirish va ortiqcha narsalardan tozalash uchun u bundan o'tishi kerak.
Boshlanishida dollar kursi qanday bo'ladi?
Hozirda aslida kursning 5 turidan, ular qanday va qayerda tashkil etilishiga qarab foydalanilmoqda – MB rasmiy kursi, valyuta birja kursi, tijorat banklari tijorat kursi, naqd dollar kursi (“qora bozor”) va komissiyalar shartnomalari bo'yicha, deb ataluvchi kurs (birja kursi). So'mning erkin suzib yurishi holatida maksimal ko'rsatkichlardan, ularga chayqovchilik va ehtimoliy intervensiya omilini olib tashlash uchun yana 10-15 foiz qo'shib bergan holda kelib chiqish kerak. Shu tariqa, erkin boshlang'ich kurs bir dollar uchun 10 500 so'mdan, bozor ishtirokchilari uchun hech qanday cheklovlarsiz “ochilishi” kerak. Bunday ssenariyda valyuta bozori xotirjam holatga keladi, sarmoyadorlarning unga ishonchi paydo bo'ladi, keyingi o'zgarishlar uchun yangi poydevor tashkil etiladi.
2017 yilning oxiriga kelib so'm kursi asta-sekinlik bilan mustahkamlanadi, ehtimol, u bir dollar uchun 7,500-8 000 so'm darajasida bo'ladi. Shu bilan birga, yoddan chiqarish kerak emaski, valyuta bozoridagi eng asosiy va mas`uliyatli o'yinchi, albatta, davlatdir. Biz, ekspertlar, ssenariylarni taxmin qilgan holda, obro'ni yo'qotish tahdididan boshqa yo'qotishlarga uchramaymiz. Bu yerda esa katta xatar bor, shuning uchun ishonchim komilki, hukumat va Markaziy bank eng optimal va ham jamiyat, ham biznesni qanoatlantiruvchi yaxshi o'ylangan uslubni tanlaydi.
Manba: Kun.Uz.
Сиз битта нарса тушунг! Сизга содда килиб. Узбекистонда чой, коффе, какао,писта еги, соя фармасевтика воситалари ва хак хаммасини етитириб булмайди ва буларсиз яшаш жуда кийин. Буларни хаммаси четдан кириб келади. Ундан ташкари Узбекистондан чикаетган газ, пахта ва казоларр 1 йиллик чикдигани мамлакатимизни 100 йилига етади. Шунинг учун хам ташки иктисодий керак. Доллар уртада валюта. Ошаетгани сабаби биз четдан ялпи товар ва хизматларнм сотиб олаетганимиз сотаетганимиздан купрок
еш болага ухшаб фикрлар экансан.[/quote]
bu yosh bolaga uhshaydimi yo'qmi lekin iloji yo'q narsani aytayabdi qarg'a qarg'ani ko'zini chuqimaydi
Покупка 1 тенге 23 сум. Продажа 23.8 сум
Далнейшим для того чтобы опредилит разделите $_ покупка сума на пакупке курсу тенге на доллара.продажа тоже самая. Напремер покупка 7900/331 и продажа 7990/334
Энди сотиш ва сотиб олиш мажбурятини оладиган булса. Энг аввало валюта чикиш окимини назорат килиш зарур акс холда сум курси кескин тушиши мукарар
еш болага ухшаб фикрлар экансан.
bulsang narxini suraymiz qimmat bulsa
sababini suraymiz savdogarlar dollar
qimmat bulgan diyishadi xa dollar
qimmat bulsa dollar tushgandan kiyin
niga narx navo tushmaydi. xa kiyin
bozorda bodring arzon ekan deb faqat
bodring yimaymizku nima diysizlar agar
davlat narxi kutarilsa ...