Новости экономики и финансов

O'zbekiston Hindiston

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi ostida va o'zbek-hind biznes-forumi bo'lib o'tgan ko'rgazmada 104,1 mln dollarlik 29 ta shartnoma imzolandi, bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ko'rgazmada ikki davlatning 100 dan ortiq davlat idoralari va ishbilarmon tadbirkorlari ishtirok etdi. Xususan, ikki taraf o'rtasida 102,1 mlnga teng bo'lgan 28 ta eksport shartnomasi va bitta 2 mln dollarlik import shartnomasi imzolandi.

2018-10-06 08:29:08

Qishloq Qurilish Bank

Qishloq qurilish banki zamonaviy va jahon talablariga javob bera oladigan xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod dehqon bozori yonginasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar o'rnatdi. Ushbu bankomatlar haftasiga 7 kun 24 soatdan to'xtovsiz xizmat ko'rsatadi. Shaxobchada zamonaviy bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatlarini amalga oshiriladi, shu jumladan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun klaviaturali infokiosk ham o'rnatildi.

2018-09-13 16:17:20

Avto kredit Uz

2018-yil boshlarida Dollaruz.net AloqaBank tomonidan avtokredit berilayotganligi haqida ma'lumot bergan edik. O'sha vaqtdan hozirgi kungacha bozorda ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi: bozorda yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, shartlar o'zgardi, foizlar kamaydi. Ushbu maqolada - birlamchi bozordan faqatgina yangi avtomobillarga avto kreditlar ko'rib chiqilgan.

2018-08-01 13:22:08

Dollar kursi O'zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirishdan keyin birinchi marta 8000 so'mdan pastroq ko'rsatkichga tushdi. Markaziy bank chet el valyutalarining yangi ko'rsatgichini e'lon qildi - unga ko'ra dollar 7997,9 so'm yangi minimal ko'rsatgichni tashkil qildi.

2018-05-22 08:37:29

Hamkor Mobile - innovatsion yechim.

Bank ma'muriyatining xabariga ko'ra ushbu onlayn dasturi Visa yoki UnionPay valyuta kartalariga biriktirish imkonini beradi va internet orqali be'malol dollar yoki evro valyuta hisob raqamini ochishingiz mumkin.

2018-04-27 08:05:42

Raqamlar: 2017-yilning yakunida O'zbekiston Rossiyadan pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.

Rossiya Markaziy bankining berilgan ma'lumotlariga ko'ra 2017-yilda Rossiyadan O'zbekistonga 3 milliard 902 million dollar pul ko'chirishgan. Ushbu pullarning 3,1 milliardini O'zbekiston fuqarolari qolgan 771 millionini Rossiya fuqarolari ko'chirishgan. Ushbu raqamlarni inobatga olgan holda 2017-yilning yakunida pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha O'zbekiston birinchi o'rinnni oldi.

2018-04-01 04:11:25

Ushbu qaror Prezidentimiz tomonidan juma kuni ko'rib chiqildi va tasdiqlandi. Bugungi kungacha O'zbekistonliklar uchun o'zlarining xalqaro kartalaridan naqd pulni faqat chet elda yechib olish imkoni bor edi. Qarorda ko'rsatilishicha, O'zbekiston banklarida naqd chet el valyutasini to'g'ridan to'g'ri sotib olish imkoni yo'q, faqatgina xalqaro kartalarga ko'chiriladi. Keyinchalik xorijiy kartalardan naqt chet el valyutalarini yechib olish imkoni bor, horijiy naqd valyutani yechishda qulaylik tug'dirish uchun bankomatlar qo'yiladi. Qiziqarlisi shuki, O'zbekistondagi tijorat banklari o'z xoxishiga qarab valyuta yechishdagi miqdor va me'yorlarini belgilaydi.

2018-03-24 05:25:33

O'zbekiston Markaziy Banki ushbu haftaning yangi valyuta kursini e'lon qildi. Ushbu ma'lumotga ko'ra chet el valyutasi O'zbekiston bozorida o'z qadrini yo'qotmoqda. Evro va dollarning sezilarni pasayishi so'ngi oy davomida sezilardli darajada kuzatilmoqda. Makraziy bankning qayd etishicha Amerka dollari kursi yana 23 so'mga pasaydi. Jami pasayishlar oy davomida 50 so'm atrofida bo'ldi.

2018-03-13 05:57:30